Ma’lum qilinişiça, Özbekistonning Vladivostok şahridagi Boş konsulxonasiga murojaat qilgan fuqaro vaqtinçalik turar joyi hamda yaşaş uçun mablaği qolmaganini bildirib, vatanga qaytişda amaliy yordam söragan.

Şundan söng diplomatik vakolatxona tomonidan Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur taşkiliy va konsullik çora-tadbirlari amalga oşirildi. Fuqaroning ijtimoiy ahvoli inobatga olinib, Migratsiya agentligi jamğarmasi mablağlari hisobidan ular uçun «Vladivostok–Toşkent» yönalişi böyiça aviaçiptalar xarid qilindi.

Barça zarur hujjatlar rasmiylaştirilib, kuzatuv işlari yakunlanganidan söng ona va farzandning Vladivostokdan çiqib ketişi taşkil etildi.

Natijada, fuqarolar soğ-salomat Özbekistonga qaytarildi.