Ayni kunlarda uşbu loyiha doirasida Kun.uz muxbiri, jurnalist Ruslan Saburov Alanya Turizm va tarğibot jamğarmasi (ALTAV) va Destination Services sayohat agentligi vakillari hamrohligida mazkur şaharda bölib turibdi.

Asialuxe Travel turoperator mazkur maskanlarda turizm tarğibotiga hissa qöşiş maqsadida Özbekistondan Alanyaga töğridan töğri reyslarni yölga qöygan.

Yangi loyiha yuzasidan Turkiya Turizmni tanitiş va rivojlantiriş agentligi (TGA) va ALTAV boşqaruv kengaşi a’zosi Şukru Cimrin şunday deydi:

“Ötgan haftalarda Özbekistondan Alanyaga töğridan-töğri reysni yölga qöyişga qaror qilgan Özbekistonning eng yirik turoperatori Asialuxe Travel kompaniyasi boş direktori Bayram Ismail va Asialuxe Travel'ning Turkiyadagi boşqaruvçisi bölgan Destination Services menejeri Metin Girgin bilan birga Alanya-Gazipaşa aeroportiga taşrif buyurdik. Uşbu uçraşuv natijasida Asialuxe Travel Uzbekistan-Gazipasa reyslarini boşlaş uçun yöl xaritasi belgilandi”.

Dastur doirasida jurnalist Alanyaning, turixiy, turistik va madaniy qadriyatlari, şuningdek, şahar aholisining kundalik hayot, iqtisodiy qadriyatlari va köngiloçar hayoti mavzusida batafsil ma’lumot olişadi.