Isroilning bosib olingan Ğarbiy sohilda joylaşgan Jyenindagi lagerga reydidan keyin singan oynadan qarab turgan falastinlik ayol / Foto:  REUTERS / Raneen Sawafta / File Phot

Ğazo sektorida uşlab turilgan isroillik asirlarni ozod etiş böyiça Isroil va HAMAS örtasidagi bilvosita muzokaralar keyingi hafta qayta tiklanişi kutilyapti. Bu haqda nomi oçiqlanmagan rasmiy manbaga tayanib Reuters xabar berdi.

Manbaga köra, Isroil razvedkasi Mossad rahbari AQŞning Markaziy razvedka boşqarmasi boşliği va Qatar boş vaziri bilan uçraşuvdan keyin muzokaralarga qaytişga qaror qilgan.

“Uçraşuv söngida muzokaralarni vositaçilar – Misr va Qatar tomonidan bildirilgan takliflar asosida, AQŞning faol iştiroki bilan kelgusi hafta boşlaşga qaror qilindi”, – degan manba.

HAMASning 7 oktyabrda Isroilga hujumi davomida garovga olingan 120 dan ortiq asirlarni ozod qilişga qaratilgan sa’y-harakatlar otaşkesim böyiça muzokaralar doirasida keçmoqda va avvalgilari besamar yakunlangandi.

Ikkala tomon ham bir-birini muzokaralarni boşi berk köçaga olib kirişda ayblagan. Isroil tomoni HAMASning uruşni tugatiş talabini qabul qila olmasligini aytgan bölsa, falastinliklar hujumni töxtatiş va Isroil tomonidan falastinlik mahbuslar ozod etilişini söramoqda.