Litvadagi prezidentlik saylovlarida ikkinçi turda mamlakatning amaldagi prezidenti, 60 yoşli Gitanas Nauseda ğalaba qozondi. Dastlabki natijalarga köra, u 75 foizga yaqin ovoz töplamoqda, deb xabar berdi Litva saylov komissiyasi 27 may, duşanbaga ötar keçasi. 

Nausedaning ikkinçi turdagi raqibi, 49 yoşli boş vazir Ingrida Şimonite allaqaçon mağlubiyatini tan olgan. «Men Litvaning saylangan prezidentini tabriklayman», - deya uning sözlarini keltiradi AFP. 

Ikki hafta oldingi saylovlarning birinçi bosqiçida Nauseda 44 foiz, Şimonite 20 foiz ovoz olgan.

Kampaniyaning asosiy mavzusi

Prezidentlik poygasining asosiy mavzusi uruş va uning Litva milliy xavfsizligi uçun oqibatlari böldi. Nauseda Ukraina tarafdori sifatida nom qozongan. 

Litva prezidentining asosiy vakolatlari taşqi siyosat va xavfsizlik sohasidadir. Nauseda, Şimonite singari, Yevropadagi xavfsizlik vaziyatining özgarişi fonida Litvada beş minggaça askardan iborat Bundesver brigadasini tezroq joylaştirişni talab qilmoqda.