BMT Xalqaro sudi prokurori, britaniyalik yurist Karim Ahmad Xon suddan Isroil va HAMAS rahbarlarini hibsga oliş uçun order berişni söragani yuzasidan izoh berdi.
U Britaniyaning The Times naşriga bergan intervyusida aytişiça, Isroil – huquqiy-demokratik davlat, şu sababli u HAMAS bilan teng emas. Isroil özini himoya qiliş va garovga olinganlarni qaytariş huquqiga ega, lekin uruş jinoyatlari yoki insoniyatga qarşi jinoyatlarni sodir etişga heç kimning haqqi yöq.
Prokuror öz fikrini tuşuntirarkan, Şimoliy Irlandiyada 1960-yillardan 1998 yilgaça davom etgan mojaroni misol qilib keltirdi. Öşanda ayirmaçi irlandlar Buyuk Britaniya boş vaziri Margaret Tetçerni öldirişga uringan, Britaniya parlamenti binosidagi portlaşda deputat Eyri Niv va lord Mauntbetten halok bölgandi. Şuningdek, Şimoliy Irlandiyadagi Enniskillen şahrida terakt sodir etilgan, “Irlandiya respublika armiyasi” (IRA – ayirmaçi guruh) a’zolari qölga olinganlarni qiynoqqa solgan.
“Lekin inglizlar: “Xöş, [Belfast şahri markazidagi] Folls-roudda IRA a’zolari va tarafdorlari bölişi mumkin, bu şubhasiz, şuning uçun kelinglar, Folls-roudga 2000 funtlik bomba taşlaylik” deyişmagan. Bunday qiliş mumkin emas”, – dedi Xon.
Prokuror Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunak va Amerika prezidenti Jo Baydenning gaplariga munosabat bildirdi. Sunak Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga oliş uçun order berilişini söraş “mutlaqo befoyda” ekanini aytgan bölsa, Bayden bunday sörov odamning “ğazabini keltirişi”ni aytgandi.
“Bizning işimiz döst orttiriş emas. Bizni olqişlaşsa ham, qoralaşsa ham, öz işimizni qilişimiz kerak. Biz tobora qutblanib borayotgan dunyoda har bir bolaning, har bir ayolning, har bir fuqaroning teng qadr-qimmatli ekaniga urğu berişimiz kerak. Agar biz bunday qilmasak, bizning nima keragimiz bor?” – deya tuşuntirdi u.
“Agar davlatlar [hibsga oliş orderini bajariş böyiça] çora körmasa, bu katta oqibatlarga olib keladi. Xalqaro sud – ularning farzandi, men esa şunçaki enaga yoki yollangan yordamçiman. Ularda tanlov imkoniyati bor: bu bolaga ğamxörlik qiliş yoki uni taşlab ketgani uçun javobgar böliş”, – deya ta’kidladi Karim Ahmad Xon.
U falastinlik bolalarning taqdiri qanday keçayotgani haqidagi xalqaro xayriya taşkilotlarining hisobotlariga e’tibor qaratişga çaqirdi. “Yoki, – deya davom etdi prokuror, – amerikalik va britaniyalik şifokorlarning Falastin hududida anesteziyasiz qilinayotgan amputatsiyalar, elektr ta’minotidagi uzilişlar tufayli ölayotgan çaqaloqlar va insulindan mahrum bemorlar haqida nimalar deyişayotganini tinglaşimiz kerak”.













