Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin keça, 26 may kuni ikki kunlik davlat taşrifi bilan Özbekistonga kelganidan xabardorsiz. Toşkent xalqaro aeroportida uni Prezident Şavkat Mirziyoyev şaxsan kutib oldi. Aytiş joizki, prezident Putin 5-bor lavozimiga qayta saylanib, 7 may kuni inauguratsiya marosimini ham ötkazganidan söng birinçi bölib Xitoyga, undan söng esa Belarus, söngra mana Özbekistonga taşrif buyurmoqda. Asosiy tadbirlar ikkinçi kun, ya’ni 27 may sanasida bölib ötdi. Dastavval Özbekiston prezidentining Köksaroy qarorgohida Rossiya prezidentini tantanali kutib oliş marosimi ötkazildi. Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari kötarildi hamda faxriy qorovul saf tortdi, madhiyalar yangradi. 

Söngra protokolga muvofiq tor doiradagi muzokaralar bölib ötdi. Özbekiston prezidenti rasmiy Toşkent bu taşrifga jiddiy tayyorgarlik körgani va u tarixiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Bu Vladimir Putinning Rossiya prezidenti etib saylanganidan keyingi ilk taşriflaridan biri ekani yana bir bor qayd etildi. 

Uçraşuvda Özbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş  masalalari körib çiqilgan. 

Keyingi tadbir esa kengaytirilgan muzokaralar böldi. 

Vladimir Putinning Toşkentga taşrifi doirasida Özbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini quriş loyihasini amalga oşiriş böyiça kelişuvlar imzolandi. Gaz taşiş tizimini modernizatsiya qiliş, gaz, neft va neft mahsulotlari yetkazib beriş hajmini oşiriş böyiça ham kelişib olindi.

«Davlat taşrifingizni haqli ravişda tarixiy deb ataş mumkin. Bu taşrif mamlakatlarimiz örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarida yangi bosqiçni boşlab bermoqda», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Muzokaralar davomida tomonlar parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar, idoralar, hududlar, jamoatçilik, ekspertlar va işbilarmon doiralar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirişga kelişib oldi.

Bu maqsadda boş vazirlar darajasidagi Qöşma komissiya va Hukumatlararo komissiyaning imkoniyatlaridan töliq foydalaniladi, ularning navbatdagi yiğilişlari şu yil oxirigaça ötkaziladi.

Ikki davlat örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi 2017 yildagi 4,73 milliard dollardan 2023 yilda 9,88 milliard dollargaça oşdi. 

Rossiya Özbekiston uçun eng katta eksport bozori bölib qolmoqda. Joriy yilning dastlabki 4 oyida bu mamlakatga eksport hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 26 foizga oşib, 1 mlrd dollarga yetdi.