Yaqin kunlarda Ukraina Çexiya taşabbusi bilan Kiyevning Ğarbiy ittifoqçilari uçinçi mamlakatlardan sotib olmoqçi bölgan 800 ming snaryaddan 155 mm artilleriya öq-dorilarining birinçi partiyalari yetkazib berilişiga umid qilişi mumkin. Bu haqda Çexiya Respublikasi boş vaziri Petr Fiala 28 may, seşanba kuni keçqurun Pragada NATOga a’zo boşqa tört davlat vakillari, şuningdek, Ukraina boş vaziri Denis Şmixal bilan keçki ovqat paytida ma’lum qildi.

Fialaning sözlariga köra, iyun oyining boşiga rejalaştirilgan yetkazib beriş hajmi bir neça ön minglab öq-dorilarni taşkil qiladi. Ukraina Qurolli kuçlari uçun artilleriya öq-dorilarini xarid qiliş böyiça Çexiya taşabbusi uçun ajratilgan umumiy mablağ 15 ta NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, jumladan Germaniya tomonidan qöllab-quvvatlangan 1,6 milliard yevroga teng.

Polşa prezidenti Anjyey Duda Ukraina frontidagi vaziyatni qiyin deb baholadi va sotib olingan öq-dorilarni taşişni taşkil etişga va’da berdi. Uning ta’kidlaşiça, Rossiya hozir taşabbusni öz qöliga oldi va katta hujumga tayyorlanmoqda. «Artilleriya undan mudofaa qilişda muhim rol öynaydi», - dedi Polşa davlati rahbari.

Uni Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte qöllab-quvvatladi va: «Ukraina xalqi uçun qurol va mudofaa buyumlari omon qoliş uçun suv, oziq-ovqat va havo kabi muhim ahamiyatga ega», dedi. Öz navbatida, Denis Şmixal Ukraina «Yevropa uçun qalqon» bölib qolişiga va’da berdi.

Rossiyaga zarba beriş uçun Ğarb qurollaridan foydalaniş masalasi 

Petr Fiala, Anjyey Duda va Mark Ryuttedan taşqari Denis Şmixal bilan uçraşuvda Ğarb ittifoqçilaridan Daniya boş vaziri Mette Frederiksen va Latviya hukumati rahbari Evika Silinya iştirok etdi. Dpa agentligining yozişiça, keçki ovqatda AQŞ vakillari ham qatnaşgan, ammo ularning ismlari va lavozimlari körsatilmagan. 

Keçki ovqat oldidan Çexiya boş vaziri NATO boş kotibi Yyens Stoltenbergning Ukrainaga Ğarb davlatlari yetkazib berayotgan qurollardan foydalanişga qöyilgan çeklovlarni yumşatiş haqidagi çaqiriğini ma’qullagan holda gapirdi. «Ukraina hujumga uçragan davlat sifatida özini himoya qiliş uçun barça imkoniyatlardan foydalanişga haqli», - dedi Fiala. 

Şu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Germaniyaga taşrifi çoğida Kiyevga Ukrainaga hujumlar amalga oşirilayotgan Rossiya Federatsiyasi hududidagi harbiy bazalarni Ğarb qurollarining yordamida «zararsizlantiriş» imkoniyatini beriş kerakligini aytdi.