Davlatning uçta banki – Asakabank, Özsanoatqurilişbank va Aloqabankning Toshkent City'dagi yangi köp qavatli binolari (biznes markazlar) ommaviy savdolar orqali sotiladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi e’lon qildi.

Sotilayotgan aktivlar quyidagilar:

  • Özsanoatqurilişbank binosi: jami 33 qavat, umumiy maydoni 82,284 kv.m.;
  • Aloqabank binosi: jami 26 qavat, umumiy maydoni 81,439 kv.m;
  • Asakabank binosi: jami 26 qavat, umumiy maydoni 66,202 kv.m.

Sotiş jarayonini taşkil etiş böyiça konsultant – KPMG. Davaktiv agentligi tijorat banklari (aktiv egalari) va konsultant harakatlarini muvofiqlaştiradi.

Hozirgi bosqiçda konsultant tomonidan investorlarning mazkur aktivlarni sotib olişga bölgan qiziqişlari örganiladi, aktivlar töğrisida tayyorlangan investitsion tizerlar sohadagi investorlarga, şu jumladan xalqaro investorlarga yuborilib, ular bilan individual muloqotga kirişiladi.

Investorlarning qiziqişlari, şuningdek sotib oliş şakli, ya’ni binoni töliq sotib oliş yoki lotlarga bölgan holda sotib oliş böyiça fikrlarini örganiş orqali sotişga yondaşuv mexanizmi işlab çiqiladi.

“Davaktiv agentligi va tijorat banklari sotiş jarayonining ketma-ketligini özgartiriş yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotişni yoki sabablarini tuşuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borişni rad etiş huquqini özida saqlab qoladi”, – deyiladi e’londa.