Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida 14 mingdan ortiq tomoşabin qarşisida ötgan uçraşuvning 54-daqiqasida boş hakam Aziz Asimov VAR’ni tekşirib, qarşiliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlaşgan Dragan Çeran hisobni oçdi – 1:0.

Ikkinçi bölimning 74-daqiqasida Röziqul Berdiyev ketma-ket uçta özgarişni amalga oşirib, jamoasining hujumkorligini oşirdi. Natijada, 80-daqiqada Murod Rahmatovning uzatmasidan söng Şarof Muhitdinov jarima maydoni taşqarisidan yöllagan kuçli zarbasi bilan hisobni tenglaştirdi – 1:1.

Uçraşuvning asosiy vaqti 100 daqiqadan ham ortiq davom etgan bölsa-da, kuçlar teng kelib, jamoalar penaltilar seriyasiga taklif etildi. Lotereyada esa omad «Nasaf»ga kulib boqdi. Jamoalarning dastlabki zarbalarini ijro etgan gol mualliflari Muhitdinov va Çeranning zarbasini darvozabonlar qaytarib qolişdi. Nasrullayev va Xolmatov ham zarbadan foydalana olişmadi. Qarşiliklar darvozaboni Abduvohid Ne’matov 3ta zarbani qaytarib, jamoasiga ğalabani keltirdi. 

Şu tariqa, «Nasaf» öz tarixida 3-marta Özbekiston Superkubogiga ega çiqib, bu borada ham peşqadamga aylandi.

Özbekiston Superkubogi-2024.

«Paxtakor» – «Nasaf» - 1:1. Penaltilar seriyasi: 3:4
Boş hakam: Aziz Asimov
VAR: Ahrol Risqullayev;
Gollar: Dragan Çeran 54 penaltidan – Şarof Muhiddinov 80.
«Paxtakor»: 35. Pavel Pavlyuçenko, 2.Behröz Asqarov (15.Diyor Ortiqboyev, 86), 3.Şahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 8.Diyor Xolmatov, 10.Dragan Çeran, 17.Dostonbek Hamdamov, 18.Saidumarxon Saidnurullayev, 22.Umar Adhamzoda, 31.Muhammadali Usmonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdurahmatov (6. Murodjon Rahmatov, 74), 14.Şarof Muhitdinov, 27.Islom Kenjaboyev (30. Temur Çogadze, 74), 28.Şuhrat Muhammadiyev, 32.Zoran Maruşiç (10. Bobur Abduxoliqov, 73), 34.Şerzod Nasrullayev, 70.Jaba Jigauri (20. Viktor da Silva, 74), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyeviç (9. Javohir Sidiqov, 83).