Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 may kuni Xiva şahrida bölib ötadigan Islom hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlari yiğilişida iştirok etiş uçun yurtimizga kelgan Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat taşkiloti (ICESCO) boş direktori Salim al-Malikni qabul qildi. 

Ilm-fan, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida uşbu nufuzli mintaqaviy tuzilma bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirişning amaliy jihatlari muhokama qilindi. 

Şuningdek, Özbekistonda ICESCO mintaqaviy vakolatxonasini oçiş masalasi örganib çiqilişi qayd etildi.

Şavkat Mirziyoyev taşkilot bilan özaro manfaatli va jadal hamkorlikning bugungi darajasini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi. 2007 yilda Toşkent şahri Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan, 2020 yilda Buxoro şahri, 2025 yil uçun esa Samarqand şahri uşbu maqomga ega böldi. Joriy yilda Xiva Islom dunyosining turizm poytaxti hisoblanadi. Toşkent şahridagi Xalqaro islom akademiyasida ICESCO Islom sivilizatsiyasini örganiş böyiça maxsus kafedrasi faoliyat yuritmoqda. 

Hamkorlikning yangi yönalişlari sifatida qölyozmalar va boşqa tarixiy yodgorliklarni saqlaş, restavratsiya qiliş böyiça tajriba almaşiş, bu boradagi loyihalarni amalga oşiriş, arab tili öqituvçilarini tayyorlaş va malakasini oşiriş, xalqaro ilmiy va madaniy tadbirlarni taşkil etiş belgilandi.