Buxoro viloyatida yirik energetika va transport majmualarining qurilişi boşlandi. Qayd qilinişiça, hududda gaz-kimyo majmuasi, quyoş elektr stansiyasi, Buxoro xalqaro aeroporti qurilişi rejalaştirilgan. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, mazkur majmualar qurilişini boşlab berdi. 

Ulardan biri «Qoraköl» erkin iqtisodiy zonasida quriladigan gaz-kimyo majmuasidir. U «methanol to olefins» (MTO) texnologiyasi asosida işlaydigan birinçi zavod böladi. 

Loyiha doirasida qariyb 5 milliard dollar investitsiya jalb etilib, AQŞ, Germaniya, Daniya, Avstriya, Italiya va Xitoyning eng ilğor texnologiyalari örnatiladi. Yagona majmua doirasida yiliga 1,3 milliard metr kub tabiiy gaz va 430 ming tonna nafta qayta işlanib, yurtimiz va jahon bozorida talab yuqori bölgan 1,1 million tonna polimer mahsulotlari işlab çiqariladi. Hisob-kitoblarga köra, bunday mahsulotlar gaz narxiga nisbatan 5 barobar köp qöşilgan qiymat beradi. 

Yangi zavodda 2 ming kişi iş bilan ta’minlanadi. Şuningdek, u quriliş, töqimaçilik, çarm-poyabzal, avtomobilsozlik, elektrotexnika va boşqa turdoş sohalarda önlab korxonalar, yana 4 mingta iş örni oçilişiga turtki böladi. 

Şuningdek, Birlaşgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi tomonidan 250 megavattli quyoş elektr stansiyasi ham quriladi. Bu loyiha uçun Olot tumanidan 648 gektar yer ajratilgan. Stansiya 2025 yil dekabrda yagona elektr tarmoğiga ulanişi rejalaştirilgan. 

Bundan taşqari, Buxoro viloyatida Saudiya Arabistonining «ACWA Power», Xitoyning «Gezhouba» kompaniyalari tomonidan ham muqobil energiya majmualari barpo etilmoqda. 2030 yilga borib viloyatdagi quvvatlar 9 karra ortib, yiliga 12,5 milliard kilovatt soat «yaşil» energiya işlab çiqarilişi mumkin. 

Şu bilan birga, xususiy şeriklik şartlari asosida Buxoro tumanida yangi xalqaro aeroport quriş közda tutilgan. 226 million dollarlik uşbu loyiha doirasida jahon standartlariga mos aeroport infratuzilmasi taşkil etiladi. Soatiga 1 ming 200 nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyati yaratiladi. Yölovçi va havo kemalariga servis sifatini oşiriş orqali yangi xalqaro aviakompaniyalar jalb qilinadi.