Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida bir neçta maşina iştirokida YTH sodir böldi. Toşkent viloyati IIB YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, YTH joriy yil 31 may kuni soat taxminan 17:00 larda halqaro ahamiyatga ega bölgan “Guliston-Böka-Angren-Qöqon-Andijon-Öş” avtomobil yölining 165-kilometrida sodir bölgan. 1964 yilda tuğilgan haydovçi R.A. boşqaruvidagi Damas maşinasi ikkinçi darajali yöldan asosiy yölga qöşilayotgan vaqtida 1977 yilda tuğilgan X.B. boşqaruvidagi Centra hamda 1987 yilda tuğilgan Yu.D. boşqaruvidagi Chery TIGGO 7 PRO maşinasi bilan töqnaşib ketgan.

Haydovçi va yölovçilarga birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Qayd etilişiça, oğir tan jarohati olganlar va vafot etganlar yöq.

Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.