AQŞ poytaxtidagi Smitson milliy hayvonot boği 29 may kuni Xitoydan ikki ulkan panda - 2 yoşli erkak Bao Li va 2 yoşli urğoçi Tsin Bao kelişini ma’lum qildi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi. 

Bao Li 2013 yilda uşbu hayvonot boğida tuğilgan urğoçi panda Bao Baoning öğli hamda ötgan yili hayvonot boğini tark etgan Mey Syan va Tyan Tyan juftligi nabirasidir. 

Qayd qilinişiça, AQŞ va barça pandalarning egasi bölgan Xitoy örtasidagi bugungi tarang munosabatlar şaroitida bu yangilik kutilmagan böldi. 29 may kuni ertalab hayvonot boğida qilgan çiqişida Xitoyning Qöşma Ştatlardagi elçisi Siye Feng ikki davlat örtasida munosabatlar yaxşi bölişi kerakligini aytdi. 

Naşrning ta’kidlaşiça, endi yangi davr boşlanmoqda va hayvonot boğiga keladigan tomoşabinlarning yangi avlodi uçun pandamaniya hayajonini his qiliş imkoniyati mavjud. Şuningdek, yana yangi pandaçalar dunyoga kelişi umidi ham paydo bölmoqda. 

«Men hozir juda xursandman, buni ifodalaş juda qiyin», dedi hayvonot boği direktori Brendi Smit xonim. «Uşbu dastur ulkan pandalar uçun juda muhim. Biz yöqolib borayotgan turni saqlab qoliş uçun işlayapmiz», dedi u. 

Yangi pandalar 2034 yilning aprelida tugaydigan 10 yillik ijara asosida keltiriladi. Bu davrda hayvonot boği Xitoyning yovvoyi tabiat va tabiatni muhofaza qiliş assotsiatsiyasiga yiliga 1 million dollar tölaydi. 

Dunyodagi barça pandalar Xitoyga tegişli, ammo Pekin 1984 yildan beri hayvonlarni xorijiy mamlakatlarga ijaraga berib, munosabatlarni yaxşilaşda «panda diplomatiyasi»dan foydalanmoqda. 

Mey Syan va Tyan Tyan ismli pandalar Vaşington hayvonot boğiga 2000 yilda Xitoy yovvoyi tabiat assotsiatsiyasi bilan kelişuv doirasida kelgan edi. Juftlik tadqiqot va naslçilik dasturi uçun ön yil qolişi kerak edi, ammo Xitoy bilan şartnoma bir neça bor uzaytirildi. 2020 yilda juftlik bola kördi. Öşa yili hayvonot boği uç boş pandani 2023 yil oxirigaça saqlab qoliş uçun şartnoma imzoladi. Şundan söng, ular Xitoyga qaytarilişi kerak edi. 

Biroq, 2024 yil fevralida Xitoy yovvoyi hayvonlarni himoya qiliş assotsiatsiyasi Vaşington milliy hayvonot boği bilan pandalarni qaytariş böyiça muzokara ötkazayotganini ma’lum qildi. Pandalarning qaytişi haqidagi uşbu xabar muzokaralarning muvafaqiyatli yakunlanganidan dalolat bermoqda.