Norvegiya gazni qayta işlaş zavodidagi nosozlikdan söng, Yevropada gaz narxi joriy yilda eng yuqori darajaga kötarildi. Yuzaga kelgan vaziyat Rossiya importidan voz keçilganidan keyin Norvegiyaning ta’minotçi sifatidagi muhim rolini körsatadi. 

Financial Times naşrining yozişiça, Qit’alararo birjada Yevropa TTF etaloni narxi megavatt-soatiga 38 yevrodan oşib, 13 foizdan köproqqa kötarildi, bu dekabr oyi boşidan beri eng yuqori körsatkiçdir. Bu Yevropada deyarli rekord darajadagi gaz zaxirasiga qaramay, bozorlardagi vaziyat qaltis ekani belgisidir. 

Norvegiya hozir Yevropaning eng yirik tabiiy gaz yetkazib beruvçisi hisoblanadi. Ötgan yili Yevropaga yetkazilgan gazning 30 foizi Norvegiya hissasiga töğri kelgan. Norvegiyada rejadan taşqari uzilişlar tez-tez keskin bozor reaksiyalarini keltirib çiqarmoqda. 

Yevropa yetarli miqdorda gaz zaxirasiga ega bölişiga qaramay, narxlar baribir kötarildi. 1 iyun holatiga köra, Yevropa Ittifoqi omborlari 70 foizdan köproqqa tölgan, bu esa yilning uşbu davri uçun ikkinçi eng yuqori rekord körsatkiçdir. Yevropa Komissiyasi noyabr oyiga qadar zaxira körsatkiçini 90 foizga kötarişni maqsad qilgan. 

«Narxlarning keskin ösişi Yevropa gaz bozorining mörtligini va tobora kamayib borayotgan ta’minot manbalariga haddan taşqari qaramlik kuçayib borayotganini körsatadi», dedi Yevropa gaz tadqiqotlari böyiça LSEG direktori Ueyn Brayan. 

«Zaxiralar Yevropa Ittifoqi örnatgan darajaga yetgunga qadar, Yevropadagi gaz narxlari yuqori, zaif va har qanday ta’minotda uziliş yuz bergan taqdirda narxlarning özgaruvçanligiga moyil bölib qolaveradi», deb qöşimça qildi u.

Avstriyaning OMV energetika guruhi sud qaroridan keyin Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi gaz ta’minotini töxtatib qöyişi mumkinligi haqida ogohlantirgaç, may oyi oxiridan beri gaz narxi oşib bormoqda, bu esa Yevropaga yetkazib berilayotgan Rossiya gazining qolgan qismini ham şubha ostiga qöymoqda. 

«Norvegiya va «Gazprom» mijozlari atrofidagi voqealar Yevropadagi gaz narxlarining asosiy omili», dedi Tom Marsek-Manser, ICIS konsalting kompaniyasining gaz tahlili bölimi rahbari. 

Uning sözlariga köra, uziliş Norvegiya oqimini 20 foizdan köproq qisqartirişi mumkin. Şu bilan birga, Osiyo suyultirilgan tabiiy gaz (STG) zaxiralarini qisqartirmoqda, şuning uçun STG jalb qiliş uçun Yevropada gaz narxi yuqori turişi zarur.