Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindistonning yangi elçisi etib tayinlangan Smita Pantni qabul qildi.

"Hindistonning Özbekistondagi elçisi etib tayinlangan Smita Pant xonim bilan uçraşiş va uning işonç yorliqlari nusxalarini qabul qilişdan mamnunmiz, – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida. – Turli sohalarda, jumladan, qişloq xöjaligi, turizm, transport, logistika va boşqa yönalişlarda aloqalarni kengaytiriş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni muhokama qildik. Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş asosiy maqsadimiz bölib qoladi. Elçi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizning foydalanilmagan salohiyatini kaşf etişda muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Tajribali diplomat Smita Pant Toşkentga tayinlanganiga qadar Hindiston Taşqi işlar vazirligining Bangladeş va Myanma böyiça departamenti direktori lavozimida işlagan. Undan avval esa TIV markaziy apparatida va çet eldagi diplomatik vakolatxonalarda turli lavozimlarda işlagan.

Yangi elçi 2020 yildan 2024 yilgaça Hindistonning Toşkentdagi elçixonasiga rahbarlik qilgan Maniş Prabxat örniga tayinlandi.