Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada Kotixa shahri meri o‘ldirildi - mamlakatga ilk ayol prezident saylanishidan bir necha soat o‘tib
Meksikaning Kotixa shahri meri Iolanda Sanches o‘ldirib ketildi. Bu Klaudiya Sheynbaum ilk ayol prezident etib saylanishi ortidan ro‘y berdi.

Facebook/Yolanda Sanchez
Iolanda Sanches shahar markazida pistirmaga duch kelgan. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, unga qarata 19 bor o‘q uzilgan.
Sanches hujumdan ko‘p o‘tmay shifoxonada jon bergan. Uning tan soqchisi ham otishma chog‘ida o‘ldirilgan.
Hozircha bu ish bo‘yicha hech kim hibsga olinmagan, ammo shaharda bu hujum ortida uyushgan jinoiy guruhlardan biri turganiga deyarli hech kimda shubha yo‘q.
2021 yil sentabrida Kotixaning ilk ayol meriga aylanganidan keyin Iolanda Sanches o‘z manziliga yo‘llangan tahdidlar haqida xabar bergandi.
2023 yilda qo‘shni Xalisko shtatiga tashrifi vaqtida qurollangan shaxslar uni qo‘lga olib, uch kun mobaynida to‘pponcha tirab ushlab turishgandi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, uni o‘g‘irlagan shaxslar ma’lum talablarni ilgari surishgan va unga «psixologik terror» qo‘llashgan.
Sanchesning o‘zi bu odamlar qaysi jinoiy guruhga mansubligidan bexabarligini aytgan bo‘lsa-da, mahalliy gazetalar ular katta ehtimol bilan «Xaliskoning yangi avlodi» karteli (CJNG) a’zolari bo‘lganini yozishgan.
CJNG giyohvand moddalar savdosi hamda to‘lov evaziga qaytarib berish uchun odamlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanadi. Kartel a’zolari o‘z buyruqlariga bo‘ysunishdan bosh tortgan davlat xizmatchilariga qonli hujumlar uyushtirishi bilan tanilgan.
Iolanda Sanches o‘shanda lavozimga kirishganidan keyin tahdid qilgan odamlar undan shahar xavfsizligini uyushgan jinoiy guruh ta’sirida bo‘lgan politsiyachilarga topshirishni talab qilishganini aytgandi.
U bundan bosh tortgan va harbiylardan shaharni mustahkamlashni so‘ragan. Shu hodisadan keyin merga qurollangan qo‘riqchilar biriktirilgan.
Bu safargi prezidentlik saylovlari kampaniyasi ham boshqalari kabi jinoyatchilikka qarshi kurash shiorlari ostida o‘tdi. Shu bilan bir vaqtda saylovoldi kampaniyalari vaqtida meksikalik ko‘plab siyosatchilarning o‘zi qotillik qurboniga aylandi.
29 may kuni Koyuka-de-Benites shahri merligi uchun nomzodini qo‘ygan Alfredo Kabrera saylovoldi mitingi vaqtida o‘ldirilgandi.
Xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi Integralia konsalting kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, bu 2024 yilgi kampaniya chog‘ida nomzodlar o‘ldirilishi bilan bog‘liq 36-holat bo‘lgan. Va bu uch yil oldingi oraliq saylovlar vaqtidagi qayg‘uli rekordning takrorlanishidir.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 09:22
-
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:04
-
Hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi takomillashtiriladi
O‘zbekiston | 09:01
-
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ekologik texnologiya asosida molibdenni qayta ishlamoqda
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

16:42 / 13.07.2025
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?

18:29 / 08.07.2025
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

18:43 / 10.06.2025
Meksikada 42 tonna metamfetamin musodara qilindi

23:16 / 05.06.2025