Sloveniya parlamenti Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi. 4 iyun, seşanba kuni ovoz berişda qatnaşgan 53 deputatdan 52 nafari buni yoqlab çiqdi, 90 örinli mamlakat parlamentining muxolifat bloki yiğilişni boykot qildi. Sloveniya şu tariqa may oyi oxirida mustaqil Falastin davlatini rasman tan olgan Norvegiya, Ispaniya va Irlandiyadan keyin şunday yöl tutdi.
Ovoz berişdan bir kun oldin muxolifatdagi Sloveniya demokratik partiyasi (SDS) raisi Yanez Yansa Falastinni tan oliş böyiça referendum ötkazişni talab qilib, bu qaror Lyublyanaga uzoq muddatda zarar yetkazişi mumkinligini ta’kidladi. Biroq, seşanba kuni ertalab SDS referendum taklifini qaytarib oldi.
Sloveniya hukumati rahbari Robert Golob Falastin davlatçiligining tan olinişini «Ğarbiy sohil va Ğazo sektoridagi Falastin xalqi uçun umid çiroği» deb atadi.
Avvalroq Isroil taşqi işlar vaziri Israel Kats Sloveniya parlamenti deputatlari Falastin davlatini tan olişdan boş tortişiga umid bildirgandi. «Sloveniya hukumatining parlamentga Falastin davlatini tan olişni tavsiya etiş haqidagi qarori HAMAS uçun mukofotdir. Umid qilamanki, Sloveniya parlamenti bu tavsiyani rad etadi», — deb yozdi Kats 30 may, payşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 36 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.












