Capgemini xalqaro konsalting kompaniyasi dunyodagi millionerlar soni va ularning 2023 yildagi umumiy boyligi böyiça hisobotini e’lon qildi. 

Kompaniya hisob-kitoblariga köra, ötgan yili badavlat odamlar soni 5,1 foizga ösib, 22,8 million kişiga yetgan. Ularning umumiy boyligi ham 4,7 foizga oşib, 86,8 trillion dollarni taşkil qildi. Ötgan yil davomida farovonlikning eng sezilarli ösişi Şimoliy Amerikada, eng yomon ahvol esa Afrikada kuzatildi. 

Agar 2022 yil oxirida geosiyosiy keskinliklar va iqtisodiy beqarorlik tufayli millionerlarning umumiy boyligi 3,6 foizga, millionerlar soni esa 3,3 foizga qisqargan bölsa, 2023 yilda ösiş nafaqat tiklandi, balki rekord darajaga yetdi. 

World Wealth Report 2024 hisoboti dunyoning 71 mamlakatidagi vaziyatni tasvirlaydi, ularda jahon yalpi milliy daromadining 98 foizidan ortiği va birjada kotirovka qilinadigan kompaniyalarning 99 foizi jamlangan. 

Tadqiqotda 3119 nafar millioner, jumladan, Şimoliy va Lotin Amerikasi, Yevropa, Yaqin Şarq va Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi 1300 nafardan ortiq multimillioner qatnaşgan. 

2023 yil oxiridagi eng ijobiy tendensiya Şimoliy Amerikada qayd etilgan – u yerda millionerlar soni 7,1 foizga, ularning umumiy boyligi esa 7,2 foizga oşgan. 

Ösişning asosiy omillari iqtisodiy faollikning tiklanişi, inflatsiya bosimining zaiflaşişi va fond bozorining sezilarli tiklanişi böldi. 

Xuddi şu omillar Şimoliy Amerikadagi kabi yuqori bölmasada, boşqa mintaqalarda farovonlikning oşişiga olib keldi. 

Osiyo-Tinç okeani mintaqasida millionerlar soni 4,2 foizga, farovonligi esa 4,8 foizga ösgan. Yevropada millionerlar va multimillionerlar ötgan yilga nisbatan 3,9 foizga köp bölgan va ularning umumiy boyligi 4 foizga oşgan. Lotin Amerikasi va Yaqin Şarqda ham ösiş kuzatildi, lekin ança kamtarona. 

2023 yilda boylar soni (-0,1 foiz) va ularning boyligi (-1 foiz) kamaygan yagona mintaqa Afrika böldi. Capgemini mutaxassislari Afrika mamlakatlaridagi bu tendensiyani xomaşyo narxining pasayişi va xorijiy sarmoyalarning qisqarişi bilan izohladi. 

Umumiy tendensiyalar haqida gapirar ekan, hisobot mualliflari boy odamlar öz boyliklarini boşqariş taktikasini özgartirayotganini qayd etişdi. Agar ilgari asosiy harakatlar mablağlarni saqlaşga qaratilgan bölsa, endi ularning köpayişiga qaratilmoqda.