Farğona viloyati Oltiariq tumanida çömilişga borgan bir yigit va ikki bola çökib ketgan. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning xabar berişiça, hodisa 2024 yil 5 iyun kuni sodir bölgan.

25 yoşli yigit va 2012 va 2013 yillarda tuğilgan ikki bola Oltiariq tumanidagi fermer xöjaligi yer maydonida joylaşgan sun’iy suv havzasiga çömilişga borgan.

Çömiliş paytida ular ehtiyotsizlik qilgani oqibatida çökib, vafot etgan. 

Qayd etilişiça, hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar. Bunday köngilsiz hodisalarni oldini oliş maqsadida çömiliş ruxsat etilmagan, taqiqlangan, oqim tezligi yuqori bölgan, çuqur, öziga notaniş bölgan suv havzalarida çömilmaslik qoidalariga qat’iy rioya qilişingizni sörab qolamiz”, deyiladi xabarda.