Saidaziz Saidaliyev va boshqa shaxslarga nisbatan sud kuni belgilandi. “Adolat” axborot tizimlari kompleksining sud majlislari jadvaliga ko‘ra, «Saidaziz medgorodok» hamda yana 28 kishiga nisbatan sud majlisi 2024 yilning 11 iyun kuni soat 10:00da jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida boshlanadi.

Sudlanuvchilarning aksariyati tovlamachilik, firibgarlik, bezorilik, pora berish, o‘g‘rilik, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish kabi qator jinoyatlarda ayblanmoqda. Jumladan, Saidaziz Saidaliyev Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 165-moddasi 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik), 168-moddasi 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik), 211-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandi (Pora berish), 242-moddasi 1-qismi (Jinoiy uyushma tashkil etish), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 277-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandi (Bezorilik), 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (Bezorilik) bilan ayblanmoqda.

Ro‘yxatda yana kimlar bor?

Sudlanuvchilar ro‘yxatida Saidaziz Saidaliyevdan tashqari yana 28 kishining ismi keltirilgan.

Jinoiy uyushma a’zolari quyidagilarda ayblanmoqda:

Sotvoldiyev Ilxom Mahmudjonovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik);

Shomurodov Laziz Yunus o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 277-modda 2-qismi “b” hamda “v” bandi (Bezorilik);

Akramov Akramjon Davlatboy o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik);

Usmonov Sirojiddin Inomjon o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 277-modda 3-qismi “a” bandi (Bezorilik);

Mo‘minov Behruz Xolmurod o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik);

Badalov Jahongir Jo‘rayevich – Jinoyat kodeksining 135-modda 2-qismi (Odam savdosi), 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 168-modda 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik);

Yo‘ldoshev Anvar Baxtiyorovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 277-modda 3-qismi “a” bandi (Bezorilik);