Fransiya Ukrainaga bir qator modernizatsiya qilingan Mirage 2000-5 qiruvçi samolyotlarini yetkazib beriş niyatida, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 6 iyun, payşanba kuni Fransiyaning TF1 va France 2 telekanallariga bergan intervyusida. «Ular Ukrainaga öz hududi va havosini himoya qilişga imkon beradi», dedi u ukrainalik uçuvçilar 2024 yil oxirigaça Mirage’dan foydalaniş uçun Fransiyada tayyorgarlikdan ötişlari mumkinligiga aniqlik kiritib. Fransiya prezidenti hozirça qiruvçilarning aniq sonini ma’lum qilgani yöq. 

Bundan taşqari, Makron yana 4500 nafar ukrainalik harbiyni Fransiyada öqitişga va’da berdi. U, şuningdek, Ukrainaga fransuz harbiy instruktorlarini yuborişga tayyorligini tasdiqladi va «biz jangovar zonada askarlarni tayyorlaş haqida gapirmayapmiz», şuning uçun bu «eskalatsiyani anglatmaydi», dedi. «Biz barça hamkorlarimiz bilan işlayapmiz va hozirda kollektiv qaror asosida koalitsiya sifatida qaror qabul qilamiz», dedi prezident öz niyatlari haqidagi aniq savolga javoban. 

Makronning Zelenskiy bilan uçraşuvi 7 iyun kuni tuşdan keyin bölib ötadi 

Emmanuel Makron 7 iyun kuni tuşdan keyin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Yelisey saroyida qabul qilişni rejalaştirmoqda va bu uçraşuvda «nima qiliş» haqida «juda aniq bayonot» bilan çiqişga va’da berdi. Zelenskiy Fransiya prezidentidan taşqari, Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari Sebasten Lekornyu bilan ham uçraşib, bir qança kelişuvlarni imzolaydi. 

AFP xabariga köra, Fransiya Ukrainaning uruş paytida Rossiya tomonidan vayron qilingan infratuzilmasini tiklaşga yordam beriş uçun kredit va xayriya körinişida 650 million yevro ajratmoqçi. Bundan taşqari, KNDS Fransiya-Germaniya mudofaa kompaniyasi Ukrainada öz filialini oçişni rejalaştirmoqda. 

Mirage qiruvçilari qanday işlaydi?

Fransiya harbiy-havo kuçlarining asosiy jangovar samolyoti Mirage - 1970-yillarda Dassault Aviation tomonidan işlab çiqilgan törtinçi avlod köp maqsadli qiruvçi samolyotdir. Fransiyadan taşqari, 1984 yildan beri u Osiyo, Yevropa va Lotin Amerikasidagi bir qança mamlakatlarda bor. Dpa agentligiga köra, eskirib qolgan Mirage qiruvçilari asta-sekin yangi Rafale bilan almaştirilmoqda. Ukrainaga yetkazilişi rejalaştirilgan Mirage 2000-5 versiyasi 1990-yillarda eng yaxşilaridan biri hisoblangan. 

Mirage’ni Ukrainaga topşiriş böyiça munozaralar 2023 yilda ham bölib ötgan, ammo Ukraina Havo kuçlari vakillari asosan Amerikaning F-16 qiruvçi samolyotlari yetkazib berilişiga e’tibor qaratgan.