Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi “Özbekiston — 2030 strategiyasi töğrisida”gi PF-158-son Farmonida ta’lim tizimini tubdan isloh qilişga alohida e’tibor qaratilgan bölib, unda 30 ta oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş vazifasi belgilangan. Şuningdek, Prezidentning 2024 yil 7 fevraldagi “Iqtisodiyot sohalari uçun kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-62-son Qarorida ham ilmiy faoliyatni jahon standartlari asosida taşkil etiş, ularning xalqaro reytinglardagi örnini yanada oşiriş, ilğor xorijiy tajribaga ega ilmiy-pedagogik kadrlarni keng jalb etiş kabi masalalar ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Bundan közlangan asosiy maqsad – ta’lim dasturlarini xalqaro talab va standartlarga moslaştiriş, ilğor xorijiy tajribalarni mamlakatimiz ta’lim tizimiga joriy etiş hamda şu asosda bozor talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlaşdan iborat.

Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida yuqorida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlaş, bugungi mehnat bozoriga raqobatbardoş kadrlar tayyorlaşda sifatli va xalqaro standartlarga mos ta’lim beriş borasida tizimli işlar olib borilmoqda. Amaliy sa’y-harakatlar natijasi ölaroq, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining 5 ta bakalavriat ta’lim yönalişi: moliya, bank işi va audit, buxgalteriya hisobi va audit, iqtisodiyot va suğurta işi Akkreditatsiya va reyting mustaqil agentligi (IAAR(HAAP)) tomonidan işlab çiqilgan standartlarga muvofiq xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli ötdi. Xalqaro akkreditatsiya agentligining sertifikatini oliş bu — universitetning ta’lim sifati darajasi böyiça xalqaro miqyosda e’tirof etilişidir. Endi TDIU bakalavr diplomini olgan bitiruvçi şu diplomi bilan Yevropa mamlakatlaridagi istalgan OTM magistraturasida tahsil olişi mumkin. Agentlik ekspertlari, bevosita, akkreditatsiyaga jalb etilgan ta’lim yönalişlarida ta’lim olayotgan talabalar va dars maşğulotlarini olib borayotgan professor-öqituvçilar bilan ta’lim jarayonini taşkil etiş va uning sifati yuzasidan suhbatlar uyuştirgan. Şuningdek, xalqaro ekspertlar universitetning akkreditatsiyadan ötayotgan ta’lim yönalişlarini tamomlagan sobiq bitiruvçilari bilan ham intervyular ötkazgan. Korxona va taşkilotlarga taşrif buyurib, bevosita iş beruvçilar bilan xalqaro ekspertlar örtasida bölib ötgan muloqotlar natijalari ta’lim yönalişlarining xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli ötişida muhim omil bölib xizmat qildi.