2024 yil 7 fevraldagi prezident qarori, bilan Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga Moliya va Fiskal instituti qöşilib, yagona Iqtisodiyot universiteti taşkil qilindi. Qarorga köra, 2023/24 öquv yilidan boşlab Moliya va Fiskal institutida tahsil olayotgan bitiruvçi kurs talabalariga yangi universitet diplomi beriladi. Bu uçta oliygohning 2- va 3-kursga ötgan talabalari öqişini tegişliligi böyiça maqbullaştirilgan ta’lim yönalişlariga köçiradi.
Bundan avvalroq, 2023 yilning noyabrida Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va Moliya instituti Sergeli tumaniga köçiriliş ehtimoli yöq emasligini ma’lum qilgan edi.
Iqtisodiyot universiteti rektori Tölqin Teşaboyev şu va boşqa masalalar yuzasidan Kun.uz'ga ma’lumot berdi.
Uning sözlariga köra, oliygohlarning Sergeli tumaniga köçirilişi haqidagi miş-mişlar asossiz. Uçta OTMning jami 13 ta obeksi qayta taşkil etilgan Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti tasarrufida qoladi.
“Özimga ham köpçilik qaçon Sergeliga köçasizlar, deb savol beradi. Qarorda aniq körsatib ötilgan, barça binolar universitetning öz tasarrufida qoladi. Sergeliga köçiş masalasi oldimizga qöyilmagan”, – dedi rektor.
Uning qöşimça qilişiça, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari TDIUning kuzatuv kengaşi etib belgilangan. “Barça faoliyatlarimiz kuzatuv kengaşi bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi”, – dedi Tölqin Teşaboyev.
Talabalar taqsimoti
TDIU rektoriga köra, keyingi yildan Moliya va Fiskal institutlarining iqtisod yönalişida öqiydigan talabalari Iqtisodiyot universitetiga kelib öqiydi; moliya, bank yönalişidagi talabalar sobiq Moliya institutiga köçiriladi. Şuningdek, soliq yönalişidagi talabalar ham sobiq Fiskal institutida öqişni davom ettiradi.
“











