Rossiya Içki işlar vazirligi Ukraina sobiq boş vaziri Yuliya Timoşenkoni qidiruvga berdi. 7 iyun, şanba kuni Rossiya davlat OAV qidiruvdagi ma’lumotlar bazasidagi uning kartoçkasiga e’tibor qaratdi. Timoşenko Rossiya Federatsiyasida aniq qaysi modda böyiça qidiruvga berilgani aytilmagan.
Timoşenko Ukrainadagi safarbarlik haqidagi qonun loyihasini tanqid qilgan
2005 va 2007-2010 yillarda Ukraina boş vaziri lavozimida işlagan Yuliya Timoşenko 2023 yil oxirida Ukrainadagi safarbarlik töğrisidagi qonun loyihasini tanqid qilib, uning partiyasi uni qöllab-quvvatlamasligini aytdi. «Uşbu versiyada (...) qonun muammoni hal qilmaydi, u samarasiz, konstitutsiyaga ziddir va bu şaklda bizning jamoamiz unga ovoz bermaydi», dedi Timoşenko özining Facebook sahifasida e’lon qilingan videoda.












