AQŞ savdo vakili Ketrin Tay 2024 yilning 11-12 iyun kunlari Özbekistonga, 2024 yilning 13-15 iyun kunlari esa Qozoğistonga taşrif buyuradi.

11 iyun, seşanba kuni elçi Tay Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşadi. 

Elçi Tay Özbekiston prezidentining birinçi yordamçisi Saida Mirziyoyeva bilan ham uçraşişi közda tutilgan.

Bundan taşqari, Tay Özbekiston boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, bandlik va qaşşoqlikni qisqartiriş vaziri Behzod Musayev bilan uçraşuv ötkazadi.

Elçi Tay Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) tomonidan tayyorlangan Özbekiston forumi a’zolari va mehnat kuzatuvçilari bilan ham uçraşadi. 

12 iyun, çorşanba kuni Tay Samarqand şahrida böladi. U Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov bilan uçraşadi. U madaniy yodgorliklar va yirik tarixiy obidalarga ham taşrif buyuradi.

13 iyun, payşanba kuni elçi Ketrin Tay Qozoğistonning Ostona şahriga boradi. U Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston rasmiylari iştirokida «AQŞ-Markaziy Osiyo» savdo va sarmoyaviy hadli bitimi kengaşi yiğilişiga raislik qiladi.