Bugun, 10 iyun kuni tongda Toşkent şahri markazida, Içki işlar vazirligi binosi yaqinida yonğin röy berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Kosmonavtlar» bekati yaqinida yonğin çiqqani haqida video tarqalgan.
«Toşkent metropoliteni» tomonidan bildirilgan munosabatda yuzaga kelgan uşbu yonğinning metropoliten tizimiga aloqasi yöqligi, «Kosmonavtlar» bekatidagi barça qurilmalar normal holatda işlayotgani ma’lum qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari Şota Rustaveli, Bobur, Beşyoğoç, Baynalmilal köçalaridagi svetoforlar öçgani haqida xabar berişgan.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyevga köra, yonğin yer ostida kabellar şikastlanişi natijasida yuz bergan bölişi mumkin. «Holat mutaxassislar tomonidan örganilmoqda. Bu böyiça qöşimça ma’lumot beriladi», dedi u Kun.uz’ga bergan izohida.
FVV matbuot xizmati ham hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Ma’lum qilinişiça, şu kuni soat 08:10 da Toşkent şahar, Yakkasaroy tumani, Afrosiyob va Ş.Raşidov köçalari kesişmasi oldida joylaşgan yerosti tunnelida elektr simlarini tutaşi kuzatildi.
Voqea joyiga 9 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 08:15 da yetib borib, soat 09:08 da qurşab olingan va hodisa soat 09:15 da bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati oliş va halok böliş xolatlari qayd etilmagan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan.
Eslatib ötamiz, 2023 yilning noyabr oyida ham uşbu hududda kuçli yonğin sodir bölgandi.












