BMTTDning “Özbekistonda energiya tejamkor qişloq uy-joylari qurilişini rivojlantirişga kömaklaşiş” loyihasi asosida energiya sarfi 0 ga teng bölgan xonadonlarni qanday yaratiş yuzasidan tavsiyalar va tajribalar bilan taniştirişda davom etamiz. Energiya sarfini minimallaştiriş va bunda xotin-qizlar uçun imtiyozli subsidiyalar haqida ma’lumot beramiz.

Energiya tejamkor uylar atmosferaga zararli çiqindilarni kamaytirib, har bir insonning atrof-muhitni asraşdagi hissasini oşiradi. Xotin-qizlar, ayniqsa onalar uçun bu juda muhim, çunki ular kelajak avlodlar uçun soğlom va xavfsiz muhitni ta’minlaşni istaydilar. Energiya sarfi nolga teng bölgan uylar, hamma zarur energiyani qayta tiklanuvçi manbalardan olişga qodir “ekobino”lar hisoblanadi. Bunday uylarni qurişda işlatiladigan materiallar yuqori izolyatsion xususiyatlarga ega bölişi kerak. Jumladan, devorlar va tomlar uçun qöllanadigan materiallar issiqlikni saqlaşda samarali bölişi, deraza va eşiklar esa ikki yoki uç qavatli oynadan yasalgan bölişi talab qilinadi. Şuningdek, uyning barça elementlari havo ötkazmasligi va energiya samaradorligi yuqori bölgan uskunalar bilan jihozlanişi zarur. Energiya sarfini minimallaştiriş uçun energiya samaradorligi yuqori bölgan holda loyihalaştiriş muhimdir.

Xöş, energiya sarfi 0 ga teng bölgan uy qanday quriladi?

Bu borada yeçimni arxitektor bilan maslahatlaşgan holda topiş mumkin. Masalan, quyoş nurining töğri tuşişi ham uy iqlimi uçun muhim hisoblanadi. Mutaxassislar Toşkent viloyatining Nurafşon şahrida namuna sifatida qurilgan energotejamkor uy misolida buni körsatib berişdi.

“Agar uyimiz yaxşi isişini istasak, quyoş töğri tuşadigan tomoniga maksimal kattaroq derazalar örnatiş kerak. Agar issiq iqlimli hudud bölsa, unda quyoş nuri köp tuşadigan tomon devori ingiçkalaştirilib, quyoş tuşmaydigan qilib çöziladi. Bu joylaşuv yeçimi bilan ham samaradorlikni ma’lum miqdorda saqlaş mumkin.

Uy devori taşqi tomondan 10 sm mineral paxtali issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplangan. Uning ustidan esa şamol va suvdan himoya qatlami işlatilgan va pardozlangan. Xonalarda mö’tadil haroratni saqlaş uçun esa şiftning balandligi muhim rol öynaydi. Şift qançalik baland bölsa uni isitiş şunçalik qiyinlaşadi. Taşqi izolyatsiyadan foydalangan bölsa ham, hajm katta bölsa isitiş katta energiya sarfini talab qiladi. Bu esa ortiqça xarajatlarga olib keladi.

Agar xona derazalari janubga qaragan bölsa kiçikroq, şimolga qaragan bölsa kattaroq qilib loyihalaş kerak. Sababi – janubdan köproq yoruğlik tuşadi. Bu xonani isitişda katta ahamiyatga ega. Derazaning maydoni xona maydoniga töğri tanlangan bölişi kerak, çunki bu issiqlik va sovuqlikni köproq nazorat qiladigan konstruktiv element hisoblanadi. Deraza tanlaşda esa, qalin plastik profildan yasalgan, uç qavat oynali bölsa maqsadga muvofiq”.

Energiyani tejaş nuqtai nazaridan, töğri tanlangan va örnatilgan deraza romlar orqali isitiş va sovitiş xarajatlarini taxminan 10% dan 25% gaça kamaytiriş mumkin. Ikki yoki uç qavatli deraza romlar bilan esa energiya tejaş yanada samaraliroq böladi.

Xonadonni energotejamkor loyihalaş – energiya iste’molini 50% gaça kamaytiradi

Energiya tejamkor uyni qurişdan köra, uning energiya samaradorligini oşirişda uni rejalaştiriş va loyihalaş arzonroq ekani isbotlangan. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti YeIK mintaqasida energiya samaradorligi muammosini hal qiliş tajribasi şuni körsatadiki, işlab çiqilgan texnologiyalardan foydalaniş investitsiya xarajatlarini sezilarli darajada oşirmasdan binolarda energiya sarfini 30-50 foizga kamaytirişi mumkin. Bundan taşqari, köp qavatli uylar va xususiy uylarning energiya samaradorligini oşiriş aholining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş va energiya iste’molini kamaytiriş bilan birga keladi.

Yozda, uyning kuçli isişidan, endi issiqlikni emas, balki sovuqni himoya qiliş kerak bölgan vaziyatga duç kelinadi. Özbekistonning issiq iqlim şaroitida samarali issiqlik izolyatsiyasi tunni kunduzi imkon qadar uzoq vaqt salqin saqlaşga, uyda konditsionerdan foydalanganda energiyani tejaşga yordam beradi. Izolyatsion materiallar universal himoyaga ega - u yozda ham, qişda ham işlaydi.

Taşqi izolyatsiya tufayli uyning örab turgan tuzilmalari butun isitiş davrida ijobiy haroratlar zonasida böladi. Izolyatsiya, şuningdek, tuzilmalarni nafaqat harorat özgarişi ta’siridan, balki yozgi iş davrida quyoş nurlanişidan ham himoya qiladi.

Uyni izolyatsiyalaş qimmatga tuşadimi?

Yuqoridagi savol köpçilik aholini qiziqtirişi tabiiy. Çunki har bir xonadon uçun uning iqlimi muhim omil sanaladi. Energiyani tejaydigan tizimlar orqali uyning umumiy xarajatlari kamayadi, bu esa oilaning iqtisodiy barqarorligini oşiradi. Bu xotin-qizlarga oilaviy budjetni boşqarişda köproq mablağni tejaşga yordam beradi.

BMTTDning “Özbekistonda energiya tejamkor qişloq uy-joylari qurilişini rivojlantirişga kömaklaşiş” loyihasi asosida ajratilgan subsidiyalardan foydalangan holda buni bemalol amalga oşiriş imkoni bor. Loyiha orqali siz quyoş panellari va akkumulyatorlari, quyoş suv isitkiçlari, issiqlik nasoslari tizimi, taşqi devorlar issiqlik izolyatsiya qoplamalari, ikki va uç qavatli deraza romlar uçun subsidiya olişingiz mumkin. Respublika aholisining katta qismi xotin-qizlar uluşiga töğri kelişini hisobga olgan holda ular uçun ajratiladigan subsidiyalarda imtiyozlar mavjud.

Loyiha haqida batafsil ma’lumotni Telegramʼdagi BMTTD subsidiyasi kanali orqali bilib olişingiz mumkin.

Murojaat uçun:

E-mail: [email protected]

Tel: 90 186 01 34