Bundan bir neça kun avval Olmaota şahrida 27 nafar Özbekiston fuqarosi qölga olingan. Ular hozirda öz iş joyiga qaytdi.

Özbekiston Boş konsulxonasi ma’lumotiga köra, şu yil 6 iyun kuni Olmaota şahrida 27 nafar özbekistonlik noqonuniy işlagani va Qozoğiston hududida bölib turiş qoidalarini buzganlikda gumon qilinib uşlangan. Ular Qozoğiston vakolatli idoralari tomonidan ötkazilgan "Nelegal" respublika favqulodda profilaktika tadbiri davomida qölga olingan.

Mazkur holat böyiça Olmaota şahridagi Özbekiston boş konsulxonasi tomonidan Qozoğistonning vakolatli organlariga tegişli sörov yuborildi. Olmaota politsiyasi bilan aloqa örnatilib, boş konsulxona tomonidan kerakli çora-tadbirlar amalga oşirildi.

Hozirgi vaqtda 27 nafar özbekistonlik işçi öz iş joylariga qaytarildi. Ulardan 4 nafariga mehnat migratsiyasi sohasi böyiça qonunçilikni buzganligi uçun sud tomonidan ma’muriy javobgarlik tayinlangan.