08:10 / 12.06.2024
3168

Pistorius Ukrainaga yana qurol yetkazib berilishini ma’lum qildi

Ukraina Patriot ZRK uchun qo‘shimcha 100 ta raketa, shuningdek, snayper miltiqlari hamda tanklar va dronlardan himoya vositalarini oladi, dedi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda.

Foto: Jens Büttner/dpa/picture alliance

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 11 iyun, seshanba kuni ukrainalik harbiy xizmatchilar Patriot zenit-raketa komplekslaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitilayotgan Meklenburg-Old Pomeraniya federal yeridagi harbiy poligonga tashrif buyurishdi. Qo‘shma tashrif chog‘ida Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Kiyevga yana qurol-yarog‘ yetkazib berishni va’da qildi. 

Shu tariqa, Germaniya tashabbusi doirasida Daniya, Niderlandiya va Norvegiya bilan birgalikda Patriot HHM tizimlari uchun qo‘shimcha 100 ta boshqariladigan raketalar Ukrainaga topshiriladi. Ushbu raketalarning 32 tasi allaqachon berilgan, yana 68 tasi esa yaqin haftalarda yetkaziladi. 

Bundan tashqari, Pistorius Germaniya Ukrainaga o‘q otish qurollari, jumladan, snayper miltiqlari yetkazib berishini aytdi. «Biz buni yaqin kelajakda ta’minlaymiz», dedi vazir. Yangi yordam shuningdek, tankka qarshi qurollar, artilleriya o‘q-dorilari komponentlari va uchuvchisiz uchoqlarga qarshi himoya vositalarini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi. 

Germaniya mudofaa vaziri, shuningdek, may oyi oxirida e’lon qilingan Kiyevga umumiy qiymati 500 million yevro bo‘lgan yangi harbiy yordam paketini eslatib o‘tdi. Boshqa narsalar qatorida, Germaniya Rossiyadan o‘zini himoya qilayotgan Ukrainaga g‘ildirakli gaubitsalar, razvedka va jangovar harakatlar uchun 350 ta dron, Iris-T HHM tizimlari uchun ko‘p sonli raketalar va 1 million o‘q-dori beradi. 2025 yildan boshlab 18 ta eng yangi RCH-155 o‘ziyurar gaubitsalarini yetkazib berish ham boshlanadi. Bundan tashqari, Germaniya ukrainalik texnik mutaxassislarni tayyorlash kurslarini moliyalashtiradi. 

 

Mavzuga oid
Top