Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida «Katta yettilik» (G7) sammitida mamlakatlar örtasidagi xavfsizlik kafolatlari töğrisidagi kelişuvni imzoladi. 

Hujjatga köra, Tokio Kiyevga 2024 yil oxirigaça 4,5 milliard dollar beradi. Zelenskiy AQŞ bilan ham xuddi şunday kelişuv imzolanişini ma’lum qildi. 

«Katta yettilik sammitida Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida bilan birgalikda davlatlarimiz örtasida xavfsizlik töğrisidagi bitimni imzoladik. 2024 yil davomida Yaponiya Ukrainaga 4,5 milliard dollar beradi va şartnomaning butun 10 yillik muddati davomida davlatimizni qöllab-quvvatlaydi», deb yozdi Ukraina prezidenti ijtimoiy tarmoqda. 

Zelenskiyning qöşimça qilişiça, Kiyev va Tokio örtasidagi kelişuv Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam, gumanitar, texnik va moliyaviy sohalardagi hamkorlikni öz içiga oladi. Uning aniqlik kiritişiça, Yaponiya, mamlakat qonunlariga köra, faqat halokatli bölmagan qurollarni yetkazib bera oladi. Tokio, şuningdek, ukrainalik harbiy xizmatçilarni davolaş bilan ta’minlaydi va Kiyev bilan razvedka va maxfiy ma’lumotlarni himoya qiliş sohasida hamkorlik qiladi. 

Avvalroq, Ukraina 13 ta davlat, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Kanada, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya, Daniya, Şvetsiya, Finlandiya, Latviya va Estoniya bilan xavfsizlik kafolatlari töğrisidagi bitimni imzolagan edi. G7 sammitida AQŞ bilan ham xuddi şunday bitim imzolanişi kutilmoqda.