Rossiyaning Utair aviakompaniyasiga tegişli An-26 yölovçi samolyoti Yamal-Nenets avtonom okrugidagi Utrenniy aeroportidan 2 kilometr uzoqlikda qattiq qönişni amalga oşirdi.  

Ural transport prokuraturasi xabariga köra, hodisa mahalliy vaqt bilan 15:40 atrofida yuz bergan. Samolyot bortida 41 kişi — beş ekipaj a’zosi va 36 yölovçi bölgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlarda samolyotning qorli maydonga qulagani va qattiq şikastlangani körinadi. 

Utair xabariga köra, hodisada yölovçi va ikki ekipaj a’zosi jarohat olgan va ularga tibbiy yordam körsatilgan.  

«An-26 samolyoti keskin yomonlaşgan ob-havo - tuman, kuçli şamol şaroitida qöndi. Barça yölovçilar va ekipaj a’zolari aeroport terminali binosiga evakuatsiya qilindi», deyiladi xabarda. 

Rossiya Tergov qömitasi voqea yuzasidan protsessual tergov taşkil etilganini ma’lum qildi.  

«Hodisaning barça holatlari va sabablari aniqlanmoqda. Barça kerakli tekşiriş tadbirlari ötkazilgandan söng protsessual qaror qabul qilinadi», deb qöşimça qildi boşqarma.