Britaniyadagi islom merosi jamg‘armasi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi nodir asarlar tadqiq etiladi
Al-Furqon islom merosi jamg‘armasi Angliya va Uelsda ro‘yxatdan o‘tgan notijorat fond hisoblanadi.
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Al-Furqon islom merosi jamg‘armasi boshqaruv direktori Sali Shaxsivari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot davomida Al-Furqon islom merosi jamg‘armasi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi qadimiy qo‘lyozmalarni tadqiq etish, ularning eng sifatli faksimile nusxalari olish, umumlashtirilgan kataloglarni tayyorlash hamda alohida kitob holatida nashr etish masalalari muhokama qilindi.
Sali Shaxsivari Al-Furqon islom merosi jamg‘armasi O‘zbekistonning yetakchi ilmiy tashkilotlari bilan har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv natijasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Al-Furqon islom merosi jamg‘armasi bilan birgalikda mamlakatimizdagi diniy-ma’rifiy, ilmiy markazlar taqdimotlarini Londonda o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.
Al-Furqon islom merosi jamg‘armasi Angliya va Uelsda ro‘yxatdan o‘tgan notijorat fond hisoblanadi. U 1988 yilda Yamani madaniyat va xayriya jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan. Fond Islom yozma merosini o‘rganish, saqlash, va nashr etish hamda bu boradagi tadqiqotlarga ko‘maklashish maqsadida ta’sis etilgan.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2025
O‘zbekiston Britaniyaning taniqli ijod uyi bilan hamkorlik qiladi
11:20 / 14.01.2025
Britaniya sobiq mudofaa vazirlari Ukrainaga tinchlikparvarlarni yuborishga chaqirdi
10:05 / 10.01.2025
Britaniya 3 mingga yaqin o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlaydi
18:42 / 09.01.2025