Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudida 14 iyun kuni Saidaziz Saidaliyevga qarşi yana bir sud işi boşlandi. Unda sudlanuvçilar 3 kişi.  Sud işi doirasida Saidaziz Saidaliyev Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Tovlamaçilik), Sobirjon Isomuhammedov 165-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Tovlamaçilik), 168-modda 3-qismi a-bandi, b-bandi (Firibgarlik), 168-modda 3-qismi a-bandi (Firibgarlik) hamda Mirsolix Mirxöjayev 165-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Tovlamaçilik) bilan ayblanmoqda. Bu haqida sud majlislari onlayn jadvalida ma’lumot keltirilgan.

Kun.uz’da mavjud hujjatlarda keltirilişiça, jinoyat işida asosiy figurantlardan biri bölgan Sobirjon Isomuhammedov 2022 yilning avgust oylarida tanişi, 1997 yilda tuğilgan Rixsiddin Toxirovga Toşkent şahar, Bektemir tumani, Majnuntol mahallasi hududida joylaşgan 4 gektar yer maydoni uy-joy qurilişi uçun ajratilganligini va bu yerda namunali turar-joy kompleksi qurilişini ta’kidlab, uning 4,5 sotixini 15,5 ming AQŞ dollariga sotişini aytgan. Aslida bu yer maydoni “Biocell” MÇJga 2021 yilda zamonaviy yengil konstruksiyali issiqxona qurilişi uçun 49 yil muddatga ijara asosida ajratilgan bölgan. Isomuhammedov 2022 yil avgust oyi oxirlarida Toxirovning 15,5 ming dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan. 

Bundan taşqari, u ayni şu usul orqali tanişi, 1978 yilda tuğilgan Nodir Tolipovning ham 15,5 ming AQŞ dollarini ham qölga kiritgan.   

Sobirjon Isomuhammedov 2022 yil 2 oktyabr kuni “Everest Impex Ples” MÇJ ta’sisçilaridan biri Murod Töxtayev bilan örtalaridagi mulkiy nizoni hal qiliş uçun Saidaziz Saidaliyev, Ravşanjon Alimov hamda Mirsolix Mirxöjayev bilan bir guruhga birlaşgan. Ular Murod Töxtayevni Mirobod tumani, Yakkaçinor köçasidagi biznes markazning 6-qavatida joylaşgan ofisga çaqirtirib, MÇJdagi 50 foizlik uluşni ularning foydasiga voz keçişini talab etişgan. Agarda voz keçmagan taqdirda jismoniy kuç işlatiş, mulklarini nobud qiliş va ofisning 6-qavatidan uloqtirib yuboriş bilan tahdid qilişgan.

Bu işda Saidaziz Saidaliyev va Mirsolix Mirxöjayevlarga ehtiyot çorasi sifatida qamoq qöllanilgan. Ammo ular bilan aynan öxşaş moddalarda aybalanayotgan Sobirjon Isomuhammedovga nisbatan esa garov ehtiyot çorasi qöllangan. Sobirjon Isomuhammedov 14 iyun kuni bölib ötgan sud majlisida iştirok etmagan. Kun.uz manbasiga köra, u ayni paytda Saudiya Arabistonida bölib turibdi va u yerda Haj ziyoratini ado etmoqda.

Ma’lumot uçun, Jinoyat protsessual kodeksining 46-moddasiga (ayblanuvçining majburiyatlari) köra ayblanuvçi sudning çaqiruviga binoan hozir bölişi, sud muhokamasida iştirok etişdan boş tortmasligi, öziga nisbatan tanlangan ehtiyot çorasidan kelib çiqadigan talablarni bajarişi şart.