Ukraina uçun tinçlik şartnomasi tuzişning keyingi şartlari, agar ular Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgan taklifni rad etsa, yanada murakkab va qattiqroq böladi. Bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasi Taşqi razvedka xizmati («SVR») direktori Sergey Narişkin ma’lum qildi.
«Tinçlikka erişiş va qandaydir tinçlik bitimi imzolanişi mumkin bölgan keyingi şartlar Ukraina uçun qiyinroq va qattiqroq böladi», dedi u yangi tinçlik taklifi rad etilsa, Ukraina bilan nima böladi, degan savolga javob berib.
Rossiya razvedka xizmati rahbari Armanistonda Amerika harbiy bazalarini yaratiş imkoniyatlari haqida ham gapirdi.
Uning sözlariga köra, Armaniston hududida bunday obektlarning paydo böliş ehtimoli haqida gapirişga hali erta.












