18 iyun kuni Nvidia texnologiya kompaniyasi boşqa texnologik gigant Microsoft kompaniyasidan özib ketib, dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi. Bu haqda Reuters xabar berdi. 

Sun’iy intellekt bozorida muhim rol öynayotgan çiplarni işlab çiqaruvçi Nvidia kompaniyasining aksiyalari 3,2 foizga ösib, narxi 135,21 dollarga yetdi. Natijada, uning bozor kapitalizatsiyasi 3,3 trillion dollarga teng böldi. Bu körsatkiç unga dunyoning eng qimmat kompaniyalari röyxatida birinçi öringa çiqib olişiga yordam böldi. 

Qayd qilinişiça, Nvidia aksiyalari 2024 yilda taxminan 173 foizga oşgan. Microsoft aksiyalari narxi esa 19 foizga kötarilgan xolos. 

Nvidia kompaniyasining bozor qiymati fevral oyida 2 trillion dollarga yetgan edi: atigi 9 oy içida kapitalizatsiya 1 trillion dollarga köpaydi. 3 oydan sal köproq vaqt ötgaç, iyun oyida 3 trillion dollarga yetdi.