Qozoğiston va Yevropa Ittifoqi viza tartiblarini soddalaştiriş böyiça muzokaralarni boşladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining xalqaro sanksiyalar böyiça maxsus vakili Devid ÖSallivan Qozoğistonga taşrifi yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi Kazinform.
ÖSallivan, birinçi navbatda, Yevropa Ittifoqi va Qozoğiston örtasidagi munosabatlar faol rivojlanayotganini qayd etdi.
«Biz muhim hamkormiz. Yevropa Ittifoqi Qozoğistonning eng yirik savdo şerigi va töğridan töğri xorijiy investitsiyalar uçun eng yirik manba hisoblanadi. Şuningdek, biz juda muhim strategik hamkorlik aloqalarini örnatdik. Uşbu şeriklik doirasida Yevropa Ittifoqi va Qozoğiston örtasida iqtisodiy hamkorlik böyiça hozirda majburiyatlarni işlab çiqmoqdamiz va ularni öz zimmamizga olamiz», — dedi Yevropa Ittifoqining maxsus vakili.
Şuningdek, u viza tartibini liberallaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida gapirdi.
«Şuningdek, biz viza tartib-qoidalarini soddalaştiriş böyiça muzokaralarni boşlaşga muvaffaq bölganimiz ham quvonarli hol, bu, öz navbatida, hamkorligimizni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi», — deya qöşimça qildi ÖSallivan.












