Jizzax viloyati, Ğallaorol tumanidagi 16-son davlat maktabgaça ta’lim muassasasi tarbiyaçisi bolalarga kuç işlatgani tufayli işdan olindi. Bu haqda Jizzax viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 20 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda boğça tarbiyaçisi bolalarni şippak bilan urgani tasvirlangan videolavha tarqalgan.
Holat yuzasidan işçi guruhi tuzilgan. Aniqlanişiça, tasvirda aks etgan köngilsiz hodisa taşkilot tarbiyaçisi tomonidan sodir etilgan.
Xabarga köra, tarbiyaçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinib, 2024 yil 19 iyundan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Xizmat tekşiruv işlari davom etayotgani ta’kidlanmoqda.












