Namangan viloyatining Çust tumanida sel vaqtida 16 va 14 yoşli qizlarni uy devori bosib qoldi. Ulardan biri vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, holat 17 iyun kuni soat 16:00 da tumanning Toymosobod mahallasi Kamarbasta köçasida sodir bölgan. 14 yoşli Z.Yu. va 16 yoşli K.Yu. uy darvozaxonasiga kirayotgan yomğir suvini tösiş maqsadida devor oldiga borgan. Şu vaqtda uy devori tag qismi bilan ularning ustiga qulab tuşgan.14 yoşli Z.Yu. voqea joyida halok bölgan, K.Yu. esa jarohat olib, tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.

Hodisa joyi tuman prokurori X.Xakimov rahbarligidagi tezkor tergov guruhi a’zolari tomonidan közdan keçirilib, protsessual hujjatlar rasmiylaştirilgan.

Marhumada qöşma şikastlar, kalla miya, böyin, kökrak qafasi, qorin, çanoq şikastlari borligi, kalla gumbaz, peşana tepa, öng çakka suyak siniqlari kalla asosiga ötişi, miya majağlanişi, böyin va kökrak umurtqalari köplab sinişi, çap tomondan köplab qovurğalar sinişi, öpkalar va yurakning kökrak qafasidan pastga çiqib qolişi kabi jarohatlar aniqlangan.

Şuningdek, tuman tibbiyot birlaşmasining dastlabki ma’lumotida K.Yu.ning tanasida qöşma şikast, çanoq suyaklari va öng boldir suyaklarining siljigan sinişi, tananing köplab şilinmalari borligi, ahvoli oğir holatdaligi körsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan Çust tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib bormoqda.