Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida yengil va yuk avtomobili iştirokida YTH sodir bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, 19 iyun kuni soat 05:30 larda Sardoba tumani hududidan ötuvçi M-39 avtoyölining 931-kilometrida Toşkent—Termiz yönalişi böylab harakatlanib ketayotgan Nexia-1 avtomaşinasi haydovçisi rul boşqaruvi vaqtida uxlab qolgan. Oqibatda avtomaşina yöl çetida töxtab turgan MAN rusumli yuk transport vositasiga urilgan.  

Natijada Nexia-1 avtomaşinasi haydovçisi va yölovçisi jarohat olib tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.

Hozirda Sardoba tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.