Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:20 / 21.06.2024
9178
2 daqiqa o‘qiladi
Raqobat qo‘mitasi 6 ta korxonani turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb topdi
2024 yilning besh oyi davomida Raqobat qo‘mitasi tomonidan tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ustun mavqeyini e’tirof etish bo‘yicha keng qamrovli tahlillar o‘tkazildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 6 ta korxona turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb e’tirof etildi.
Jumladan:
- “Temiryo‘lekspress” va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ (shaxslar guruhi sifatida) temiryo‘llar orqali yo‘lovchi tashish xizmatida;
- “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ shahar atrofi bo‘ylab yo‘lovchi tashish xizmatida;
- JV Continaz MChJ formalin mahsulotida;
- Indorama Kokand fertilizers and chemicals hamda “Farg‘onaazot” AJ (shaxslar guruhi sifatida) superfosfat mahsulotida;
- “Farg‘onaazot” AJ karbamid mahsulotida;
- Gazli Gas Storage MChJ QK tabiiy gazni yer ostiga quyish, saqlash va tortib olish xizmatida ustunlikka ega deb topildi.
Shu bilan birga, “Interterminal” MChJ QK temiryo‘l liniyasini ijaraga berish xizmati bo‘yicha ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi.
Mavzuga oid
12:36 / 19.02.2026
Yangi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
14:38 / 11.02.2026
Faol korxonalar soni bir yilda 9 foizga oshdi
15:04 / 26.01.2026