AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) «Kasperskiy laboratoriyasi»da yuqori lavozimlarda işlagan 12 nafar rossiyalikni sanksiyalar röyxatiga kiritdi. Bu haqda 21 iyun, juma kuni AQŞ moliya vazirligi saytida ma’lum qilindi.

Çeklovlar, xususan, kompaniyaning ijroçi direktori Andrey Tixonov, biznesni rivojlantiriş böyiça direktori Andrey Yefremov va yuridik masalalar böyiça direktori Igor Çekunovga nisbatan kiritilgan. 

«Kasperskiy laboratoriyasi» rahbariyatiga qarşi bugungi xatti-harakatlarimiz kibermakon yaxlitligini ta’minlaş va fuqarolarimizni zararli kibertahdidlardan himoya qilişga sodiqligimizni ta’kidlaydi», dedi moliya vazirining terrorizm va moliyaviy razvedka böyiça örinbosari Brayan Nelson. 

AQŞda «Kasperskiy» dasturiy ta’minotini sotiş taqiqlandi

Bir kun avval AQŞ ma’muriyati milliy xavfsizlikka tahdid borligi sababli «Kasperskiy laboratoriyasi» antivirus dasturini mamlakatda sotişni taqiqlagan edi. AQŞ savdo vaziri Jina Raymondoning sözlariga köra, «Kasperskiy» dasturiy ta’minotining kompyuter tizimlariga kirişi maxfiy ma’lumotlar öğirlanişi yoki zararli dasturlar örnatilişiga olib kelişi mumkin.

20 iyuldan boşlab Rossiya kompaniyasiga AQŞda yangi şartnomalar tuziş, 29 sentabrdan esa mijozlarga yangilanişlarni taqdim etiş taqiqlanadi, bu esa uning antivirus dasturini deyarli foydasiz qiladi.