«Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni jadallaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, davlat muassasasi şaklida «Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi» ofisi taşkil etiladi.
Markaz har oyda qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sohasini isloh qiliş holati, amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar, islohotlarni amalga oşirişga tösqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etiş yöllari töğrisida Prezident administratsiyasiga axborot beradi.
Qişloq xöjaligi vazirligi va markaz tomonidan:
2024 yilda:
- meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekşiriş va eksport uluşini oşiriş uçun Samarqand, Farğona va Toşkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos bölgan 3 ta zamonaviy laboratoriya taşkil etiş çoralari köriladi.
2024/2025 öquv yilidan:
- agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini, pedagoglarining malakasini oşiriş hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari faoliyatini xalqaro tajribalar asosida baholaş tizimi takomillaştiriladi;
- Toşkent davlat agrar universitetida ta’lim yönalişlari bosqiçma-bosqiç xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziladi.
Loyiha ofisiga tegişli vazirlik va idoralar, ularning tizimidagi muassasalar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislarini bozor kon’yunkturasidan kelib çiqib, şartnoma asosida Loyiha ofisi faoliyatiga jalb qiliş huquqi beriladi.











