21 iyun kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov yoşlar bilan uçraşib, oçiq muloqot ötkazdi. Tadbir qatnaşçilaridan biri vazirga maktab davrini qanday ötkazgani, bu lavozim egasi bölişni öylaganmi yoki yöqligi haqida savol berdi.
Vazirning aytişiça, u Qoraqalpoğistonning eng uzoq, çekka qişloğida tuğilib ösgan, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Qönğirotning narigi çekkasi, Orol dengizining böyida Borsa-kelmas degan joyda, qöşni qişloğimizning joyi Borsa-kelmas. Öşa yerda öqidik, ta’lim oldik, maktabda 1-sinfida öqidik. U vaqtda ja zör bölmasdi, eski partalar bölardi. Bizda yangi partalar bölmasdi, hozirgilari bilan soliştirib bölmaydi. [Sinfxonaning] örtasida katta peç bölardi, qişda şu temir peç qizdirardi. Maktabni bitirgandan keyin Irrigatsiya institutiga öqişga kirdim, birinçi yil kirolmadim. Çunki bir paytlar maktabdan qoçib ketgan vaqtlarimiz bölgan. Bundan taşqari, u vaqtda paxtaga köp borardim, 1 sentabrdan to 20 dekabrgaça paxta bölardi. Keyin yana öqiş va may oyidan paxtaga çiqib ketardim. Çizmaçilikdan 3 olganman, olim bölişni orzu ham qilolmasdim.
Sovet Ittifoqi tarqalayotgan vaqt "sovxoz", "kolxoz" degan narsalar bölardi, ularning kelajagi qandaydir mavhum bölib turgan vaqtda 3 yil ötsa, tartibga tuşib ketadi deb Moskvaga borib, öqib qaytib kelsam, 1991 yilning oxirida Sovet Ittifoqi tarqalib ketdi. 1992 yilda Irrigatsiya institutiga kelib, oddiy laborant sifatida iş boşladim, muovin böldim, özimça unvonim bor, qizil yölak bilan hamma kutib oladi, deb öylaganman. Lekin menga iş yöqligini aytişgan. U vaqtda pulning qadri yöq, har kun pul sinardi, oyliklar ham ma’lum emasdi, "propiska"miz yöq edi, "propiska" bölmaganidan keyin dökonga borsak, unday narsalar olmasdik. Bozordan xarid qilardik”, – deydi Qönğirotboy Şaripov.
Uning ta’kidlaşiça, bularning hammasi u uçun maktab bölgan, endi barça öz ustida işlaşi kerak, “harakat qilişimiz kerak, bundan ham yaxşi yaşasa böladi”, – deydi u.

















