Bugun yon-atrofimizda umurtqa disk çurrasi (grija) tufayli aziyat çekayotganlar köpayganiga ahamiyat bermaslik imkonsiz. Bu xastalik hatto tana a’zolarining işlamay qolişiga sabab bölişi mumkin. Nano Medical Clinic tibbiyot markazi neyrojarrohlari Kun.uz bilan suhbatda kasallikning kelib çiqişi va undan qutulişning zamonaviy yöllari haqida öz tavsiyalarini berişdi.
Disk çurrasi qanday paydo böladi?
Umurtqa poğonasi oralarida yumşoq, amortizator vazifasini bajaruvçi disk böladi, u yugurganda, sakraganda ikkita umurtqa suyagi bir-biriga tegib yemirilmasligining oldini oladi. Aynan şu diskning börtib çiqişi disk çurrasi deyiladi. Disk çurrasi böyinda, belda bölişi mumkin. Bel sohasidagi çurra beldan pastki tana a’zolarida belgi beradi.
Agar böyin sohasida joylaşgan bölsa, böyindan pastki tana a’zolarida belgi beradi: qöllarda oğriq paydo böladi, harakat çeklanişi, quvvat kamayib ketişi mumkin. Beldagi çurra esa beldagi oğriq bilan, keyingi darajalarga ötganda oyoqdagi oğriqlar bilan namoyon böladi.
Çurraga vaqtida çora körilmasa, tana a’zolarining işlamay qolişiga olib keladimi?

Furqatbek Tursunov, neyrojarroh:
— Böyindagi disk çurrasi faqat oğriq bilan bezovta qilsa, bemorlarga hozirda harakat saqlanib turgani, lekin operatsiya qiliş kerakligini, şunda oğriqlar ketib, harakat ham saqlanib qolişini aytamiz. Ba’zi holatlarda bemorlar keladi, qöl harakati çeklanib bölgan, ya’ni işlamay qolgan böladi.
Bu holatda ham operatsiya qiliş şart – orqa miyada nerv ötkazuvçanligini tiklaş uçun. Agar bunda vaqtida çora körilmasa, tana a’zolarida harakatning çeklanişiga olib kelişi mumkin.
Operatsiyalar mahalliy oğriqsizlantiriş yoki faqat beldan pastki qismni oğriqsizlantiriş (spiral anesteziya) orqali qilinadi. Biz jamoamiz bilan kelişgan holda endotraxial narkoz (uxlatib qöyiş) beriş usulidan foydalanamiz. Bu usul bemorga operatsiyadan keyin tezroq öziga kelib, tezroq aktivlaştiriş imkonini beradi. Eng xavfsiz narkoz deb şu usulni tanlaganmiz.















