Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari “Özbekiston Respublikasida çet el fuqarolarining va fuqaroligi bölmagan şaxslarning huquqiy holati töğrisida”gi qonunga qöşimçalar kiritiş haqidagi qonun loyihasini işlab çiqdi.

Qonunçilik palatasi axborotiga köra, bunga – Özbekistonning suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhofaza qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar belgilaş zarurati sabab bölgan.

Loyiha bilan Qozoğiston, Ozarbayjon, Rossiya, Polşa, Belarus, XXR kabi davlatlar tajribasidan kelib çiqib, qonunga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda:

Birinçidan, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasida bölişini nomaqbul deb topiş asoslari va tartibi belgilanmoqda.

Mazkur şaxslar tomonidan quyidagi mazmundagi ommaviy çiqişlar qiliş yoxud harakatlar sodir etiş ularni Özbekiston Respublikasida bölişi nomaqbul deb topiş uçun asos böladi:

– Özbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid bölgan; davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib çiqaruvçi; Özbekiston xalqining şa’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovçi.

Ikkinçidan, mamlakatda bölişi nomaqbul deb topilgan çet el fuqarolari yoki fuqaroligi bölmagan şaxslarga 5 yil davomida quyidagilar taqiqlanadi:

– Özbekistonga kiriş, banklarda hisobvaraq oçiş, köçmas mulk sotib oliş, davlat mulkini xususiylaştirişda iştirok etiş, moliyaviy va şartnomaviy munosabatlarga kirişiş.

Uçinçidan, Özbekistonda vaqtinça turgan yoki doimiy yaşaydigan çet el fuqarosi yoki vaqtinça turgan fuqaroligi bölmagan şaxsning mamlakatda bölişi nomaqbul deb topilişi uning Özbekiston hududida qonuniy asoslarda yaşaş va böliş huquqini bekor qilişga hamda mazkur şaxs deportatsiya qilişga sabab böladi.

Törtinçidan, qonun loyihasida mamlakatda bölişi nomaqbul deb topilgan şaxslarni deportatsiya qiliş asoslari va tartibi nazarda tutilgan.