Moskvaning Meşçanskiy tuman sudi «Trast» banki hisobvarağidan 986 million rubl va 1,8 million dollar (jami 1,4 milliard rubl) miqdoridagi mablağlarni davlat daromadiga ötkaziş töğrisida qaror çiqardi. 24 iyun, duşanba kuni Rossiya axborot agentliklari xabar berişiça, ular YuKOS va MENATEP guruhining sobiq rahbarlari Mixail Xodorkovskiy va Platon Lebedevga tegişlidir. Şu tariqa, sud Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasining Xodorkovskiy, Lebedev va «Sibirskaya lizingovaya kompaniya»ga nisbatan da’vosini qanoatlantirdi. 

Da’vo sud tomonidan 2005 yilda örnatilgan «soliq jinoyatlari»dan yetkazilgan zarar tölanmagani munosabati bilan qözğatilgan. Prokuratura ma’lumotlariga köra, gap real faoliyatni amalga oşirmagan, ammo ayblanuvçilar foydasiga kapital tranziti uçun xizmat qilgan töqqizta kompaniyadan olingan pullar haqida bormoqda. Bu kompaniyalarning barçasi, «Sibirskaya lizingovaya kompaniya»dan taşqari, tugatildi.

Ayni paytda, «Dose» suriştiruv markazi «Sibirskaya lizingovaya kompaniya»ning Xodorkovskiyga aloqasi yöqligini, ammo Kipr ofşor kompaniyalari orqali «Rosneft» sobiq prezidenti Sergey Bogdançikovning oilasi tomonidan nazorat qilinişini yozdi. Kompaniyaning 2023 yil uçun hisobotiga köra, uning sof foydasi deyarli ikki milliard rublni taşkil etdi.

YuKOS işi

Rossiya sudlari 2005 va 2010 yillarda Xodorkovskiy va Lebedevni «YuKOS işi» böyiça firibgarlik, pul yuviş va soliq tölaşdan böyin tovlaganlikda ayblab, uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilgan. Ularga tegişli bölgan neft kompaniyasi bankrotlik jarayonidan ötdi va milliylaştirildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2013 yilda Mixail Xodorkovskiyni afv etgan, şundan söng tadbirkor Rossiyani tark etgan. Platon Lebedev 2014 yilda ozodlikka çiqarilgan.