RF Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin Rossiyada yaqinda RF fuqaroligini olgan va harbiy hisobda turmagan 30 mingdan ortiq xorijlik aniqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda u 27 iyun kuni Peterburg xalqaro yuridik forumidagi çiqişi davomida töxtalib ötgan.

«Biz fuqarolik olgan va harbiy hisobda turişni istamagan 30 mingdan oşiq şunday [migrant]larni uşladik, hisobga qöydik va allaqaçon 10 ming nafarini maxsus harbiy amaliyotga jönatdik», — degan Bastrikin. U huquq tartibot organlari «Konstitutsiya va qonunlardagi moddalarni hayotga tatbiq eta boşlagani»ni qayd etgan.

«Bizga aytişadi: „Bu örtoqlar u yerda nima uçun kerak?“ — okoplar qaziş va istehkomlar quriş. Buning uçun çindan ham kuçli işçi qöllar kerak. Ular bugungi kunda bizning front ortidagi bölinmalarimiz saflarini töldirişgan», — degan Tergov qömitasi rahbari.

Öz çiqişi çoğida Bastrikin Rossiyadagi migratsiya siyosatini özgartirişni taklif etgan: «Menimça, eng asosiysi — Rossiya migratsiya siyosatini özgartiriş, zarur narsalarni aniq asoslab oliş, umuman, içki resurslar bilan öz siyosiy, iqtisodiy, milliy va boşqa muammolarni hal qilişimiz kerak», — degan u.

Bastrikinning sözlariga köra, migrantlarni jalb etişda milliy xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratiş lozim. «Sovet ötmişi tajribasidan foydalangan holda vatandoşlarga munosib darajada kafolatlar beradigan içki migratsiya faoliyati mexanizmini işlab çiqiş zarur», — deya qöşimça qilgan Tergov qömitasi raisi.

  • Rossiya huquq-tartibot organlari muntazam ravişda mehnat migrantlari işlovçi korxonalarda reydlar uyuştirib kelmoqda. Ularga çaqiruv qoğozlari topşirilmoqda yoki harbiy komissariatlarga olib ketilmoqda. RF fuqaroligiga ega bölmagan migrantlarga esa, agar ular mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaydigan bölsa, Rossiya pasportini tezlaştirilgan tartibda beriş va’da qilinmoqda.