Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin hamda IIV rahbari Vladimir Kolokolsevni tanqid qilib, ular «öz joyida emasligi»ni aytgan.
«Tepada ötirgan odamlar, Bastrikin va Kolokolsev rahbarligidagi tergov organlari — öz joyida emas», — degan Qodirov öz jonli muloqoti vaqtida çeçenistonlik ösmir Muslim Murdiyevga qarşi iş yuzasidan izoh berarkan (iqtibos «Grozniy-inform»dan).
14 yoşli Muslim Murdiyev Moskvadagi «Xodynskoye pole» parkidagi muştlaşuv tufayli jamoat tartibini qöpol ravişda buziş va zöravonlik qilişda ayblanmoqda. Özining versiyasiga köra, u janjal boşlaganning hujumiga uçragan döstini himoya qilgan. Hodisa atrofdagilar tomonidan telefonga olingan. Video Murdiyevga nisbatan jinoiy iş qözğatiş uçun asos bölgan. Bu iş böyiça yana tört figurant tergov qilinmoqda, ösmirning özi 2023 yil dekabridan buyon uy qamoğida ötiribdi.
Qodirov jonli muloqot çoğida Murdiyevning işi bilan huquq faollari, deputatlar, senatorlar va şaxsan özi şuğullanayotgani, huquq-tartibot organlari esa «prezident tomonidan oldiga qöyilgan vazifalarni sifatli bajarmayotgani»ni ta’kidlagan. 18 dekabr kuni Muslim Murdiyev ustidan navbatdagi sud jarayoni ötkaziladi. «Uni qamaşmaydi, u bilan heç narsa qilişmaydi. Men hamma bilan şaxsan gaplaşdim. U tez orada qöyib yuboriladi», — degan Qodirov.

Bundan taşqari, Qodirov Rossiyaning hozirgi migratsiya siyosatini tanqid qilgan, Özbekiston va Rossiya prezidentlarining bu masalada umumiy yeçim topiş uçun ötkazgan muloqotiga guvoh bölganini eslagan.
Içki işlar vaziri Kolokolsev politsiyaçilarning migrantlarga munosabati uçun tanqidga uçragan.
«Kolokolsev buyruq beradi: hozir keluvçilar kaltaklanmoqda, olib ketilmoqda, haydab çiqarilmoqda — bizga zarur bölgan birodarlarimiz. Tağin biz bilan heç kim döst bölişni istamasligini aytişadi. Biz Ukrainani, Gruziyani nega yöqotdik? Nima uçun boşqa davlatlar bilan munosabatlar keskinlaşgan? Çunki odamlar davlatda nimalar bölayotganini bilmaydi. Ular regionlarga çiqişmaydi va odamlar bilan gaplaşmaydi. Ular qonunsiz, kreslolarda ötirib, derazadan taşqarida nima bölayotganiga qaramaydi. Xudo ularni albatta jazolaydi», — degan Qodirov.
Qodirov oldin ham Bastrikinni tanqid qilgandi. Doğistondagi terakt va Rostovdagi tergov izolyatorida mahbuslar xodimlarni garovga olişidan keyin Tergov qömitasi rahbari bunda «musulmon terrorçilar»ni ayblab, niqob taqiqlanişini yoqlagandi. Çeçeniston rahbari esa bunga javoban musulmonlar terakt qilmasligini aytgandi.












