RF Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin prezident Vladimir Putinga hisobotida qömita mutaxassislari Kursk va Bryansk oblastlaridagi köpriklar portlatilişi ortida Ukraina turganini isbotlovçi dalillarni töplaganini ma’lum qildi.
Bastrikinning sözlariga köra, hodisa joylarida portlovçi moddalar izlari topilgan; portlovçi modda «xorijda işlab çiqarilgan». Portlatiş uçun ukrainlarning boşqaruv bloklaridan foydalanilgan.
Tergov qömitasi raisi şuningdek Bryansk oblastining Mikişevo qişloği yaqinidagi maxfiy ombordan 13 kilogramm miqdordagi plastit va Ukrainada işlab çiqarilgan boşqaruv bloklari topilganini ma’lum qilgan. Uneça va Jyeça stansiyalari oraliğidagi peregonda esa işlamay qolgan ikkita portlovçi qurilma aniqlangan.
«Tergov tomonidan ekspertlar yordamida töplangan dalillar har uçala terakt, şubhasiz, Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyuştirilganini yaqqol körsatmoqda», - deya xulosa qildi Bastrikin.
Qömita rahbari portlaşlardan körilgan umumiy zararni milliard rublga baholagan.
Bryansk va Kursk oblastlaridagi köpriklar portlatilişi 31 may kuni keçqurun va 1 iyun kuni ertalab sodir böldi. Bryansk oblastidagi birinçi portlaş paytida köprik ostidan yölovçi poyezdi ötayotgandi, natijada bir neçta vagon relsdan çiqib ketdi. Yetti kişi halok bölgan, yuzdan ortiq kişi yaralangan. Kursk oblastida sodir bölgan şunga öxşaş hodisa oqibatida lokomotiv brigadasidan bir neça kişi jabrlangan, uçinçi portlaşda jabrlanganlar yöq.
RF hukumati barça portlaşlarni teraktlar sifatida tasniflagan. Tergov qömitasi jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça iş oçgan.
Ukraina köpriklardagi portlaşlar yuzasidan rasmiy izoh bermagan.













