Rossiya Tergov qömitasi Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning huquq-tartibot organlarining bezorilikda ayblanayotgan çeçenistonlik Muslim Murdiyev işi böyiça faoliyatini tanqid qilişiga javoban uşbu ösmir iştirokidagi muştlaşuvlar videolarini namoyiş etdi.

Çeçeniston aholisi bilan 4 dekabr kuni ötkazilgan jonli muloqot çoğida Qodirov Murdiyev işini izohlarkan, Rossiya Tergov qömitasi va içki işlar vazirligini tanqid qilgandi. Xususan, u Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin va içki işlar vaziri Vladimir Kolokolsev «öz joyida emasligi»ni aytgandi.

Çeçenistonlik ösmir 2023 yil dekabridan buyon uy qamoğida saqlanmoqda. Murdiyevning özining versiyasiga köra, u janjal boşlagan boşqa ösmir hujumiga uçragan şerigini himoya qilgan, unga qarşi iş esa hodisa videoyozuviga asoslangan holda oçilgan. Qodirov bu iş bilan şaxsan şuğullanayotgani va Murdiyev «qamalmasligi», tez orada ozodlikka qöyib yuborilişini aytgan.

Bunga javoban Tergov qömitasi matbuot xizmati huquq-tartibot organlari iş böyiça tergov jarayonida «hodisaning barça holatlari va noqonuniy harakatlarga aloqador şaxslarni aniqlaş böyiça töliq çora-tadbirlar körgani»ni ta’kidlagan.

Tergov versiyasiga köra, beş nafar ösmir tasodifiy ötkinçilar bilan nizo qözğab, janjal boşlab, jabrlanuvçilarni kaltaklaş bilan şuğullangan. Xususan, 2023 yil sentabrida ular «sakkiz nafar şaxsga nisbatan zöravonlik amalga oşiriş orqali bezorilik qilişgan», şundan yetti nafari — voyaga yetmagan bolalar. Hujumlar Moskva şahridagi «Aviapark» va «Diskaveri» savdo markazlari hamda «Xodynskoye pole» parkida amalga oşirilgan.

Ösmirlarga nisbatan bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, bezorilik sodir etiş (RF JK 213-moddasi, 2-qismi) böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Tergov qömitasidagilar işda boşqa dalillar qatorida ayblanuvçilar, guvohlar va jabrlanuvçilarning körsatmalari, şuningdek, hujum holatlari aks etgan videoyozuvlar borligini qayd etgan.

«Figurantlarning aybi böyiça yakuniy qarorni tergov taqdim etgan dalillar asosida sud çiqaradi», — deyiladi Tergov qömitasi xabarida.